Toshkentda aholi, byudjet va ulgurji tashkilotlar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari oshadi, deyiladi poytaxt hokimining qarorida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujjat quyidagi narxlarni tasdiqlaydi:

  • bazaviy tarif — 711 641 so‘m/Gkal (QQSsiz);
  • aholi uchun — 139 860 so‘m/Gkal (QQSsiz);
  • byudjet tashkilotlari uchun — 925 797 so‘m/Gkal (QQSsiz);
  • boshqa ulgurji tashkilotlar uchun — 342 296 so‘m/Gkal (QQSsiz).

Avvalroq issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun subsidiyalarni butunlay bekor qilmoqchi ekani haqida xabar berilgandi. “Issiqlik ta’minoti” kompaniyasi boshqaruvi raisi bunday tizim soha rivojiga to‘siq bo‘layotganini aytgan.