Toshkentda ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi
Yangihayot tumanida 117- va 55-sonli yo‘nalish avtobuslari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahrida ikki avtobus ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.
25 sentabr kuni soat 06:45 larda, “12-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 117-sonli yoʻnalishda harakatlanuvchi, haydovchisi A.Y. boshqaruvidagi Yutong avtobusi Yangihayot tumani Xonabod koʻchasidan Quruvchilar koʻchasiga burilayotganda, “1-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 55-sonli yoʻnalish, haydovchisi Sh. Sh. boshqaruvidagi avtobus bilan toʻqnashuv sodir etgan.
Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq, avtobuslar texnik shikastlangan.
Sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Harakat xavfsizligini nazorat qilish boʻlimi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi belgilangan. Ushbu yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahri IIBB YHXB inspektorlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi Toshkentda binoning yerto‘la qismida yong‘in sodir bo‘ldi Toshkentda tadbirkorga qurilish obyektini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Toshkentda Ozarboyjon fuqarolaridan pul talab qilgan shaxslar ushlandi