Toshkentda ikki tuman aholisi gazsiz qoladi — manzillar
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi aytildi.

3-iyun kuni Toshkentning Yangihayot va Olmazor tumanlarida gaz qisman o‘chiriladi, deya xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi. Quyidagi manzillarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Yangihayot tumani: soat 10:00 dan 17:00 gacha Chortoq mahallasi, 330 ta xususiy uy va 6 ta ulgurji iste’molchilar;
- Olmazor tumani: soat 10:30 dan 18:00 gacha – “Miskin”, “Taraqqiyot”, “Qichqiriq” va “Oltinsoy” mahallalari, 725 ta xususiy uy va 50 ta ko‘p qavatli uylar hamda 88 ta ulgurji iste’molchilar.
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi aytildi.
Izohlar