25 Iyul 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Toshkentda hokim yordamchisi o‘z onasini kaltaklagani aytilmoqda

Mirzo Ulug‘bek tumanida hokim yordamchisi o‘z onasini kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi ushbu holat bo‘yicha bayonot berishga vakolatli emasligini maʼlum qildi.

Toshkentda hokim yordamchisi o‘z onasini kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda hokim yordamchisi o‘z onasini kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan IIV matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Xabar qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida 16-iyul kuni 1959-yilda tug‘ilgan M.I. turli xil tan jarohatlari olgan.

Ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, fuqaro M.I.da aniqlangan tan jarohatini og‘irlik darajasini hamda ruhiy holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Tergov davom etmoqda.

Voqealar fonida Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi ushbu holatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani hamda bu borada hokimlik bayonot berishga vakolatli emasligini maʼlum qildi.

Mashhur yangiliklar