Toshkentda havo biroz changlanib qoldi
Atmosfera sifati o‘rtacha deb baholanmoqda, allergiyasi borlarga niqob taqish tavsiya etiladi.

1-iyun kuni PM2.5 mayda zarrachalar miqdori 17 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu JSST tavsiya etgan qiymatdan 3,4 baravar yuqori ekanligi IQAir ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
Shunday qilib, soat 08:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosidagi ozon ifloslantiruvchisi va PM10 miqdori ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlardan oshmagan. Biroq, PM2.5 xavfli zarrachalarining konsentratsiyasi JSST me’yoridan 3,4 baravar yuqori chiqdi. Havo sifati o‘rtacha deb baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo sifati bo‘yicha JSST me’yorlariga mos keladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan. Shveysariyaning IQAir kompaniyasi 2024-yil uchun hisobotni taqdim etdi.
Mavzuga doir: Iflos havodan qanday himoyalanish mumkin? NOVA24 tahririyati chang konsentratsiyasining kun sayin ortib borishi fonida dolzarb maslahatlarni taqdim etdi.
Izohlar