7 Fevral 2025, 10:46 Oʻzbekiston

Toshkentda Gentra haydovchisi odamlarni bosib ketishga urindi

Ayni paytda Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda Gentra haydovchisi odamlarni bosib ketishga urindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Gentra haydovchisi bir guruh odamlarni qasddan bosib ketishga uringani, mashina ortga qaytganida ikki kishi unga qarata tosh otgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Toshkent shahri YXHB matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, voqea 7-fevral kuni soat taxminan 03:20 larda poytaxtning Shayxontohur tumani Taxtapul koʻchasida sodir boʻlgan. Bir necha fuqarolar oʻzaro gap talashib tortishib janjallashib ketishi natijasida Gentra avtomashina haydovchisi bir necha fuqarolarning ustiga qarab avtomashina boshqargan.

Janjalning barcha ishtirokchilari tuman ichki ishlar boʻlimiga topshirilgan. Avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan. Ayni paytda Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar