22 Yanvar 2025, 09:38 Oʻzbekiston

Toshkentda “Gazel” urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan poytaxt IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

Toshkentda “Gazel” urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Toshkent shahar IIBB Mirzo Ulugʻbek tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan maʻlumot berdi.

Qayd etilishicha, 21-yanvar kuni soat 09:40 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida 60 yoshli haydovchi O.S. “GAZ-32221” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlning belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan 32 yoshli piyoda D.T.ni urib yuborgan.

Soʻng haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib 35 yoshli Z.Z. boshqaruvidagi BYD rusumli avtomashinasiga toʻqnashgan. Toʻqnashuv zarbidan soʻng BYD 69 yoshli R.T. boshqaruvida boʻlgan Matiz’ga urilgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

Mashhur yangiliklar