Toshkentda firibgar mingdan ortiq fuqaroning 550 mln so‘m pulini o‘zlashtirdi
Toshkentda firibgar Telegram’da “Call center” nomli akkaunt ochib, mingdan ortiq fuqaroning 550 mln so‘m pulini o‘zlashtirdi.
Toshkentda firibgarlik yo‘li bilan ko‘plab odamlarning pulini o‘zlashtirib olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Samarqand viloyatida yashovchi B.O‘. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, noma’lum shaxs firibgarlik yo‘li bilan bank kartasidan 7,3 mln so‘m pulni o‘zlashtirganini aytgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi K.A. sodir etganligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi K.A. jabrlanuvchiga qo‘ng‘iroq qilib, unga “Lamifarm” tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda televizor va konditsioner yutib olganliginini bildirgan. So‘ngra ushbu yutuqlarni olish uchun yetkazib berish xizmatiga 200 ming so‘m o‘tkazib berish kerakligi hamda telefon qurilmasiga kod kelishini aytgan. Jabrlanuvchi Payme ilovasidan kelgan kodni aytishi bilan K.A. uning bank kartasidagi 7,1 mln so‘m pulni o‘tkazib olgan hamda o‘zini qora ro‘yxatga kiritib qo‘ygan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu shaxs telegramda “Call center” nomli akkaunt ochib, ming nafardan ortiq fuqaroning 550 mln so‘m pullarini o‘zlashtirib olgani aniqlangan.
Holat yuzasidan K.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda elektromobil sotuvlari nisbatan pasaydi Toshkentda uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Toshkentda 6 000 litr etil spirti isteʼmolga kiritilishining oldi olindi Toshkentdagi mebel sexida yongʻin yuz berdi Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati qariyb 1 oyga cheklanadi