11 Aprel 2025, 12:51 Oʻzbekiston

Toshkentda erkak oʻgay akasini boʻlaklab, uning homilador xotinini boʻgʻib oʻldirdi

Aka-ukalar oʻrtasidagi kelishmovchilikka otasidan qolgan uy-joy masalasi sabab boʻlgan.

Toshkentda erkak oʻgay akasini boʻlaklab, uning homilador xotinini boʻgʻib oʻldirdi

Toshkentda 24 yoshli yigit oʻgay akasini boʻlaklarga boʻlib, uning homilador xotinini oʻldirdi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Ish hujjatlariga koʻra, voqea Olmazor tumanida sodir boʻlgan. Aka-ukalar oʻrtasidagi kelishmovchilikka otasidan qolgan uy-joy masalasi sabab boʻlgan. Taʼkidlanishicha, aka-ukalar oʻrtasida janjallar tez-tez boʻlib turgan. Ayblanuvchi oʻldirilgan kuni akasi uni urganidan gʻazablangan.

Akam menga tinimsiz bosim oʻtkazardi. Orqamga oʻgirilib, navbatdagi janjaldan soʻng uydan chiqib ketmoqchi boʻlganimda, u orqamdan musht tushirdi. Jahlim chiqdi. Men yerdan gantellarni olib, uning boshiga urdim. Voqeadan keyin borib, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilmoqchi edim, — deydi ayblanuvchi.

Biroq erkak IIBga murojaat qilmagan. U homilasi besh oylik kelinini boʻgʻib oʻldirgan. Shundan soʻng erkak ukasining jasadini pichoq bilan yorib, tana qismlarini skotch bilan oʻrab, paketlarga taqsimlagan. Shundan soʻng u taksi chaqirib, jasad qismlarini Olmazor tumanidagi suv kanaliga tashlab yuborgan.

Xonadonga qaytgan erkak qizning oʻziga kelganini koʻrib, uni yana boʻgʻib oʻldirgan. Jasadlar taxminan ikki hafta oʻtgach, 2024-yil oktyabr oyida topilgan. Qarindoshlarining soʻzlariga koʻra, kvartirada oʻtkir hid boʻlgan va jasadlar dahshatli holatda boʻlgan. Sudda ayblanuvchi qilgan ishidan pushaymon ekanligini aytdi.

U Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “b,” “v,” “o,” “r” bandlari (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boshqa jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini yengillashtirish maqsadida homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsni qasddan oʻldirish) bilan aybdor deb topildi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Jabrlanuvchining yonida boʻlgan kiyim-bosh, sumka yoki boshqa buyumlarni oʻgʻirlash) “a” bandi va 134-moddasi (Qabrga tegish) bilan. Unga 24 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, shundan 20 yilini umumiy tartibli koloniyada oʻtkazadi.

Mashhur yangiliklar