26 Mart 2025, 12:10 Oʻzbekiston

Toshkentda enaga ish beruvchidan pul oʻgʻirlab, bolasini kaltakladi — video

Ayol uch yoshli qizining jarohatlarini payqab qolgan va uyga yashirin kameralar oʻrnatgan.

Toshkentda enaga ish beruvchidan pul oʻgʻirlab, bolasini kaltakladi — video

Toshkentda ish beruvchisini kaltaklab, pul oʻgʻirlagan enaga 5 yilga qamaldi Toshkentda ish beruvchisini kaltaklab, pul oʻgʻirlagan enaga 5 yilga qamaldi.

Voqea poytaxtning Uchtepa tumanidagi xonadonlardan birida sodir boʻlgan. Uyidan pul yoʻqola boshlaganini, farzandida esa jarohat alomatlari paydo boʻlayotganini sezgan xonadon egasi yashirincha uyiga kuzatuv kamerasi oʻrnatgan. Aniqlanishicha, 1981-yilda tugʻilgan enaga uning uch yoshli qizini urib, pul oʻgʻirlagan.

Ayol Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (koʻp miqdorda oʻgʻrilik) va 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (voyaga yetmagan shaxsni qiynash) bilan aybdor deb topilgan. U umumiy tartibli koloniyada 5 yilu bir oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Mashhur yangiliklar