14 Noyabr 2024, 12:30 •Oʻzbekiston
Toshkentda ekskavator sabab ayrim hududlarda gaz ta’minoti to‘xtatildi
Ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi natijasida Yunusobod tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz taʻminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Kecha, 13-noyabr kuni Toshkent shahrida taʻmirlash ishlarini olib borayotgan ekskavator Yunusobod tumani, 2-daha, 40-uy yonidan oʻtgan oʻrta bosimli yerosti gaz quvuriga shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.
Natijada ushbu dahadagi 47 ta koʻp qavatli xonadon, 10 ta ulgurji isteʻmolchi, 3-dahadagi 26 ta koʻp qavatli xonadon, 12 ta ulgurji isteʻmolchi va Malikov koʻchasidagi 40 ta yerli xonadonda gaz taʻminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
Ayni vaqtda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʻminoti filiali xodimlari tomonidan taʻmirlash ishlari olib borilmoqda.
Taʻmirlash ishlari yakunlangach gaz taʻminoti qayta tiklanadi.
Soʻnggi yangiliklar
Braziliyada erkak Oliy sud binosi yaqinida o‘zini portlatdi
14 Noyabr 2024, 19:22Pekindan qaytgan yo‘lovchi 145 mln so‘mlik soatni yashirincha olib o‘tishga urindi
14 Noyabr 2024, 18:39Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi
14 Noyabr 2024, 18:02Sirdaryoda qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi
14 Noyabr 2024, 17:38“Oʻzbekiston temiryoʻllari” 1-dekabrdan yuk tashish tariflarini oshiradi
14 Noyabr 2024, 16:53Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi
14 Noyabr 2024, 16:18Samarqandda 3-sinf o‘quvchisini avtobus urib yubordi
14 Noyabr 2024, 15:44“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd soʻmga sotildi
14 Noyabr 2024, 15:10