1 Aprel 2025, 21:32 Oʻzbekiston

Toshkentda chiptasizlar uchun reydlar boshlandi

Inspektorlar yoʻl haqini toʻlamagan yoʻlovchilarni bekatlarda tutib olmoqda.

Toshkentda chiptasizlar uchun reydlar boshlandi

Toshkentda avtobuslarda chiptasiz yurganlarga qarshi reydlar boshlandi, deb xabar bermoqda Transport nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati.

2025-yil boshidan poytaxtda jamoat transportida yoʻl haqini naqd pulda toʻlashdan butunlay voz kechildi. Endi yoʻlovchilar yoʻl haqini elektron shaklda yoki bir martalik QR-chiptalar orqali toʻlashlari mumkin.

Hozir yoʻlovchilarning aksariyati yoʻl haqini oʻz vaqtida toʻlamoqda, biroq soʻnggi paytlarda ayrim fuqarolar hech qanday sababsiz yoʻl haqini toʻlamasdan avtobusdan chiqib ketish holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Inspeksiya hamda Jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan Toshkent shahri boʻylab avtobuslarda kuchaytirilgan reyd tadbirlari boshlandi.

Yoʻlkira haqini bir martalik QR-chiptalar orqali toʻlayotgan yoʻlovchilardan chiptalarni butun safar davomida yonlarida saqlab, nazoratchi va inspektorlar talabiga koʻra koʻrsatish soʻralgan.

Qonunchilikka koʻra, yoʻlovchining chiptasiz shahar yoki shahar atrofiga qatnovchi avtobusda yurishi BHMning 1/10 qismi (37,5 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yoʻlovchilardan tartibga rioya qilish va yoʻl haqini oʻz vaqtida toʻlash soʻralgan.

Mashhur yangiliklar