Toshkentda chang bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda
Ungacha ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 9-iyul kuni Toshkentda shamol iqlimiy me’yorlardan yuqori bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik pasayishi mumkin. Bu haqda markaz direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja o‘zining Facebook`dagi sahifasida ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Yog‘ingarchilik shamolning kuchayishi bilan birga kelishi mumkin. Mutaxassislar aholiga ehtiyot bo‘lishni va noqulay sharoitlarda ochiq havoda bo‘lishni iloji boricha kamaytirishni tavsiya qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni ertalab Toshkentda havo yomonlashgan: PM2.5 mayda dispers zarrachalarining miqdori 49 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu JSST tavsiya etgan qiymatdan 9,8 baravar yuqori, deyiladi IQAir ma’lumotida.
Shu bilan birga, 9-11-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘yicha kuchli yomg‘ir yog‘adi. Sinoptiklar sel va suv toshqinlari xavfini e’lon qilishdi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi, dam oluvchi va ko‘chib yuruvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
Izohlar