10 Aprel 2025, 14:50 Oʻzbekiston

Toshkentda bolalar bogʻchalarida tarbiyachilar yetishmasligidan shikoyat qilindi

Maktabgacha taʼlim sohasida oylik maoshlar pastligicha, talablar esa yuqoriligicha qolmoqda.

Toshkentda bolalar bogʻchalarida tarbiyachilar yetishmasligidan shikoyat qilindi

Toshkentda davlat bogʻchalarida enaga va tarbiyachilar yetishmasligidan shikoyat qilindi, deb yozadi “Potrebitel.uz”.

Prezident qaroriga koʻra, 2024-yil iyun oyidan boshlab bogʻcha tarbiyachilarining ish haqi 2 million soʻmga oshirilishi, oʻrtacha ish haqi esa taxminan 3 million soʻmni tashkil etishi kerak edi. Biroq, aholining maʼlumotlariga koʻra, tarbiyachilar 1,8 million soʻm, enagalar esa qoʻshimcha ishlamasdan 1,2 million soʻm maosh olishadi.

Toshkent shahridagi koʻplab davlat bogʻchalarida tarbiyachi va enagalar yetishmaydi. Bunga ajablanmasa ham boʻladi. Ish ogʻir, talab yuqori, guruhlarda bolalar koʻp, masʼuliyat katta, oyliklar kam. Bunga faqat chorasizlikdan yoʻl qoʻyish mumkin, — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilda oʻzbekistonliklarning oʻrtacha ish haqi 5,357 million soʻmni tashkil etdi. Eng kam ish haqi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida (3,41 mln soʻm), shuningdek, taʼlim sohasida (3,63 mln soʻm) kuzatilmoqda.

Taʼlim sohasida eng yuqori oʻrtacha ish haqi oliy taʼlimda qayd etilgan – 8,56 mln soʻm, eng past ish haqi esa maktabgacha taʼlimda (1,96 mln soʻm).

Mashhur yangiliklar