27 Mart 2025, 13:56 Oʻzbekiston

Toshkentda bogʻcha mudirasi toʻrtta maktabning futbol maydonini ijaraga bermoqchi boʻldi

Ayol katta miqdordagi pulni olayotganda qoʻlga olindi.

Toshkentda bogʻcha mudirasi toʻrtta maktabning futbol maydonini ijaraga bermoqchi boʻldi

Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari katta miqdorda pora olayotgan bogʻcha mudirasini qoʻlga oldi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.

Birinchi holat Olmazor tumanida sodir boʻlgan. Bogʻcha mudirasi oʻzining nufuzli tanishlari orqali tadbirkorga Shayxontohur tumanidagi toʻrtta maktabning futbol maydonlarini ijaraga berishni vaʼda qilgan. Xizmatlari uchun u 8500 dollar soʻragan, uni pul olayotganda qoʻlga olishgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, direktor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa bir holatda esa Qoraqalpogʻiston tumanlaridan biridagi MTT boʻlimi mudiri oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, ushbu boʻlim bosh mutaxassisi bilan til biriktirib, maktab oʻqituvchisidan uni bogʻcha tashkiloti rahbari lavozimiga tayinlashda yordam berish evaziga 15 mln soʻm olgan.

U bu pullarni bosh mutaxassis orqali olgan vaqtida qoʻlga olingan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ular uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar