Toshkentda bobo oʻz nabirasini kaltakladi
4 yoshli bola bobosi bilan sayrga chiqib uzoqqa ketib qolgan. Shunda jahli chiqqan erkak nabirasini bir necha bor qattiq urgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta erkak yosh bolaning yuz qismiga urayotgani holati aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni oʻrganayotganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, holat 2024-yil 30-iyun kuni Toshkent shahrida yuz bergan. Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi nafaqaxoʻr M.A. 4 yoshli (2020-yilda tugʻilgan) nabirasi A.A. bilan koʻchaga sayrga chiqqan.
Shu vaqtda bola yugurib uzoqqa ketib qolgan, bobosi esa nabirasidan xavotir olib, bolani qidirgan. Soʻng uyidan olisroq boʻlgan maktab oldida topib, jahl ustida nabirasini bir necha bor qattiq urgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Mirzo Ulug‘bek tumanining hokimi o‘zgardi Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻldi