25 Yanvar 2025, 11:30 Oʻzbekiston

Toshkentda binoning yerto‘la qismida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Toshkentda binoning yerto‘la qismida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Oltintepa” MFY, Parkent ko‘chasida joylashgan 7 qavatli uyning yerto‘la qismi, yordamchi xonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda 24-yanvar kuni soat 17:44 da poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 17:54 da yetib borib, yong‘in soat 18:06 da qurshab olinib, soat 18:16 o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Ushbu manzilda gaz sizib chiqish holati sodir bo‘lmagan.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar