Toshkentda besh kunga issiq suv ta’minoti o‘chiriladi — manzillar va jadval
Ko‘rsatilgan muddatlarda mutaxassislar qishda suvni barqaror yetkazib berish uchun profilaktika ishlarini olib boradi.

2025-yil sentyabr-oktyabr oylarida Toshkentda besh kun davomida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi, deya xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qish mavsumida tizimning barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan ta’minot to‘xtatiladi.
Quyidagi sanalarda va manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
8–12-sentyabr kunlari:
- M. Ulug‘bek, T. Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Sh. Burhonov, R. Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li, Feruza ko‘chalari;
- Qorasuv 1, 2, 3, 4, 6 dahalari, Bo‘z-2, Feruza mavzelari;
- Zargarlik, Lutfiy, Bog‘iston, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Bog‘ibo‘ston, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin ko‘chalari va boshqalar;
- Chilonzor mavzesi 5-26, 30, 31, G9A, 20A, Do‘mbirobod, Sharq, Guliston, Al Xorazmiy-1,2, Beshqayrag‘och, Izza mavzelari, O‘rikzor bozori zonasi;
15–19-sentyabr kunlari:
- Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbeka, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent ko‘chalari, Ohangaron shossesi;
- Tuzel 1-4, Uysozlar-1, Asalobod-1,2 massivlari, Aviasozlar shaharchasi;
- A. Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Sh. Rashidov, Navoiy, Bobur, Glinka, Sh. Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Cho‘ponota ko‘chalari va boshqalar;
- M-1, 2, 4, 5, 7, Oqtepa, Chilonzor 1-5,7,Y,I, Qushbegi, Boshliq, Uchuvchilar shaharchasi mavzelari;
22–26-sentyabr kunlari:
- Mustaqillik shoh ko‘chasi, M.Ulug‘bek, Buyuk Ipak yo‘li, K.Niyoziy, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, Osiyo, L.Tolstoy ko‘chalari va boshqalar;
- Yalang‘och, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy, Bo‘z-1 mavzelari, ToshGRES shaharchasi, H. Olimjon maydoni;
- Bunyodkor shohko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, I. Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob ko‘chalari, Chorsu maydoni va unga tutash mavzelar;
29 sentyabr – 3 oktyabr kunlari:
- A. Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, A. Donish, Sh. Rashidov, Ya. G‘ulomov, Shahrisabz, Shastri, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li ko‘chalari va boshqalar;
- Beltepa, Ibn Sino-1,2, Jarariq, Beshqo‘rg‘on 1-4, Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, Yunusobod 1-19, M-1, 2, 4, 5, 6, 12, 15, 17, 18-mavzelari;
6–10-oktyabr kunlari:
- Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, A. Fitrat, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari, Qo‘yliq 1-7 mavzelari;
- Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, So‘g‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod ko‘chalari, Sergeli 1-8A, Yo‘ldosh 1-18, M-1,2,3 mavzelari;
- “Suvsoz” dahasi (Bektemir, Husayn Boyqaro ko‘chasi);
- “Quruvchi” dahasi (Sergeli).
Avvalroq Toshkentda bir oy davomida aholi suv ta’minotida uzilishlar bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Mutaxassislar 2025-yilning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yirik suv tarmoqlarida ta’mirlash ishlarini olib boradi.
Izohlar