11 Fevral 2025, 15:00 Oʻzbekiston

Toshkentda begona ayol maktab o‘quvchisini olib ketishga urindi

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayol ushlangan.

Toshkentda begona ayol maktab o‘quvchisini olib ketishga urindi

Toshkentda begona ayol maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab, olib ketmoqchi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining bildirishicha, 10-fevral kuni taxminan soat 14:00 larda Bektemir tumani, Bilol Nozim ko‘chasida joylashgan bekat oldida, 1990-yilda tug‘ilgan, muntazam ravishda ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib turuvchi R.Ch. o‘ziga begona bo‘lgan maktab o‘quvchisini oldiga kelib muloqotga kirishgan. Shubhali ko‘ringan ayol mahalla fuqarolarini ko‘rib, ketib qolgan.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayol ushlangan.

Holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar