Toshkentda balkondan bolani qutqargan talaba taqdirlandi — video
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning shaxsan o‘zi fuqaroga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bir qavatdan ikkinchi qavatga balkon orqali tushib, bolani qutqarib qolgan talabani taqdirladi.
18-oktyabr kuni vazir Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilashovga uning jasorati va fidoyiligini e’tirof etib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘asini topshirdi. Sharipov yosh qahramonning xatti-harakati nafaqat o‘zi tahsil olayotgan institut, balki barcha yoshlar uchun namuna bo‘lishi, ularda insonparvarlik, vatanparvarlik va jasorat tuyg‘ularini kuchaytirishi kerakligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda erkak panjaralar orasidan o‘tib, yiqilish arafasida bo‘lgan yosh bolani qutqarish uchun qo‘shni balkonga sakragan: guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ona bolalarni kvartirada yolg‘iz qoldirgan, yuqorida yashovchi erkak vaziyatni ko‘rib, panjaradan ehtiyotkorlik bilan oshib o‘tgan va qo‘shni balkonga sakrab, bolani xavfsiz joyga olib ketgan.
Izohlar