17 Oktabr 2024, 16:37 Oʻzbekiston

Toshkentda bahaybat it yosh bolaga tashlanib unga jarohat yetkazdi

Yo‘ldan o‘tib ketayotgan yo‘lovchilar yordamga kelib, itni haydagan va bolani qutqarib qolgan.

Toshkentda bahaybat it yosh bolaga tashlanib unga jarohat yetkazdi

Toshkent tumanida onasi va opasi bilan ketayotgan bolakayga bahaybat it tashlanib, unga jarohat yetkazdi. Bu hada Kun.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat 16 oktyabr kuni soat 07:35 larda tumanning Sabzavot mahallasida sodir bo‘lgan.

Onasi va opasi bilan ketayotgan yosh bolaga kutilmaganda katta it tashlanib qolgan. U bolani yiqitib, ustiga chiqib olgan holda talay boshlagan. Onaning esa uni haydashga kuchi yetmagan.

Shu paytda yo‘ldan Damas avtomobilida o‘tib ketayotgan yo‘lovchilar yordamga kelib, itni haydagan va bolani qutqarib qolgan.

Odamlar hayvonlariga juda ehtiyot bo‘lishlari lozim. Bunday holatlar jiddiy oqibatlarga olib borishi mumkin. Kecha mahalla profilaktika inspektoriga murojaat qilganimda it egasiga nisbatan faqatgina 370 ming so‘m jarima qo’llay olishini, bundan ortig‘ining iloji yo‘qligini bildirdi, degan bolaning otasi.

Manbaga ko’ra, bolaning jarohatlari jiddiy emas. Ammo shu hodisada jiddiyroq oqibat keltirib chiqarsa nima bo‘lardi? Afsuski, oqibati har qancha jiddiy bo‘lmasin itni egasi o‘sha arzimas jarima bilan qutulib qolaveradi.

Mashhur yangiliklar