Toshkentda ayrim avtobuslar yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi
Bu chora issiqlik tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan ko‘rildi.

Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati.
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, diametri 325 mm va umumiy uzunligi 1000 metr bo‘lgan issiqlik tarmoqlari almashtirilishi munosabati bilan 10-sentyabrdan 30-sentyabrgacha Sergelidagi Qumariq ko‘chasi yopiladi.
Shu munosabat bilan avtobuslar harakati o‘zgartirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:
- 61-yo‘nalish — Banokatiy, Aliyev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari bo‘ylab;
- 106-yo‘nalish — Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari bo‘ylab;
- 40-yo‘nalish — Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari bo‘ylab, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, Banokatiy orqali HET zavodi bekatigacha;
- 66-yo‘nalish — Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari bo‘ylab, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-mart, Eski Sariqul, Yangi Zamon, Sariqul, Banokatiy orqali RET zavodi bekatigacha;
- 52-yo‘nalish — Lokomotiv ko‘chasi bekati va Toshkent vokzali oralig‘ida.
Yo‘lovchilarga vaqtinchalik o‘zgarishlarni hisobga olish va sayohatni oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi. Ta’mirlash ishlari davrida yo‘llarda tirbandliklar ko‘payishi mumkin. Shu munosabat bilan yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Izohlar