Toshkentda ayol 4 yoshli bolasini ayovsiz kaltakladi
Toshkent shahrida yosh bolasini ayovsiz urgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi yosh bolani urgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2022-yilning taxminan avgust oylarida sodir bo‘lgan. 1997-yilda tug‘ilgan L.M. Shayxontohur tumanida joylashgan yashash xonadonida 2020-yilda tug‘ilgan farzandi R.S.ga qo‘pol munosabatda bo‘lib, jahl ustida uni urgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, holat ayolning turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘rnatilgan yashirin kameraga yozib olingan. U ayoli farzandini muttasil urib, tan jarohati yetkazib, qiynab kelayotgani yuzasidan IIO FMBga murojaat qilgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Shundan so‘ng ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) va “v” (ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov natijalariga ko‘ra, ayolning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagani sababli unga nisbatan jinoyat ishi 2024-yil 19-sentyabrda tugatilgan.
Biroq er bu qarordan norozi bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Yakun bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi