17 Yanvar 2025, 11:25 Oʻzbekiston

Surxondaryolik ayol 4 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi

Bolalar ikki o‘g‘il va ikki qiz bo‘lib, ularga Muhammad, Mustafo, Sumaya va Safiya ismlari qo‘yilgan.

Surxondaryolik ayol 4 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida ayol 4 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi.

Bolalar ikki o‘g‘il va ikki qiz bo‘lib, ularga Muhammad, Mustafo, Sumaya va Safiya ismlari qo‘yilgan. Hozirda ular sog‘lom.

“3 oyligida shifokorga borib ko‘ringanida bu xabarni eshitib, juda xursand bo‘lgandik”, dedi bolalarning otasi.

Yosh oila asli surxondaryolik, chaqaloqlar shifokor nazoratida bo‘lishi uchun tug‘ilishidan 2 oy avval Toshkentga kelgan. Ularnning egizaklardan tashqari 2 yoshli qiz farzandi ham bor.

Mashhur yangiliklar