Toshkentda avariya sabab 3 mingga yaqin isteʼmolchi “svet”siz qoldi
Hozirda tarmoqdan uzilib qolgan isteʼmolchilarni boshqa manbalardan elektr energiyasi bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmogʻida yuzaga kelgan nosozlik sabab ikkita tumanda jami 2 750 ta isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtdagi “110 kV L-D-Yu” elektr uzatish tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan. Buning oqibatida Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari qisman (jami 2 750 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.
“Ayni vaqtda yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, isteʼmolchilarning elektr taʼminoti qayta tiklanadi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda tarmoqdan uzilib qolgan isteʼmolchilarni boshqa manbalardan elektr energiyasi bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Shu oʻrinda, poytaxt elektr tarmoqlari korxonasi keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻragan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlandi Toshkentda 316 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydlanilgani aniqlandi Toshkentdagi universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi Chiqindidan qarzni to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muddat beriladi Toshkentda Lixiang yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urildi