11 Iyul 2024, 17:39 Oʻzbekiston

Toshkentda aholi yashash hududiga yaqin maydon yonib ketdi

Yongʻin oqibatida ochiq maydonda quruq oʻt yongan. Yongʻin-qutqaruv ekipajlari uni oʻchirishga 2 soatdan koʻproq vaqt sarflagan.

Toshkentda aholi yashash hududiga yaqin maydon yonib ketdi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida aholi yashaydigan koʻp qavatli uylarga tutash maydonda yongʻin chiqdi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun soat 11:52 da Yangihayot tumani, “Olchazor” MFY 10-hududda ochiq maydonda quruq oʻt yonayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 11:59 da voqea joyiga yetib borgan.

Yongʻin soat 14:15 da oʻchirilgan. Sodir boʻlgan yongʻin oqibatida ochiq maydonda quruq oʻt yongan. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Qoʻshimcha qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Mashhur yangiliklar