Toshkentda 6 000 litr etil spirti isteʼmolga kiritilishining oldi olindi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Toshkent shahrida 6 000 litr etil spirtini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha,Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda qonunga xilof ravishda spirt mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.K. va Ya.A. fuqaro X.A.ga jami 5 000 litr etil spirtini 28 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.D. va I.Sh. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro M.A.ga 10 litr hajmli yelim idishlarga qadoqlangan jami 1 000 litr etil spirtini 3 550 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Manbaga koʻra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qildi Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in chiqdi Toshkentda pulli “parkovka”lar operatori oʻzgardi