23 Yanvar 2025, 18:57 Oʻzbekiston

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Hozirda holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahrida 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻldi. Ushbu holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Unga koʻra, bugun, 23-yanvar kuni soat 15:20 atrofida Yunusobod tumani KXAY koʻchasida Nexia-2, 2 ta Lacetti va Spark avtomashinalari oʻzaro toʻqnashuvi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Ushbu YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar