11 Sentabr 2024, 11:58 Oʻzbekiston

Toshkentda 363 marta qoida buzgan Spark xatlovga olindi

Toshkent shahrida 363 marta qoida buzgan Spark MIB xatloviga olindi.

Toshkentda 363 marta qoida buzgan Spark xatlovga olindi

Toshkent shahrida yashovchi shaxs yo‘l harakati qoidalarini 363 marta buzib, 240,8 mln so‘m qarz bo‘lgani uchun unga tegishli Spark xatlovga olingan. Bu haqda MIB Toshkent shahar bo‘limi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida IIBB YHXBning qarorlariga asosan, qarzdor A.K.ga nisbatan 363 ijro hujjati bo‘yicha 240 mln 872 ming so‘m jarimalarni undirish belgilangan.

Qarzdor katta miqdordagi jarimalar borligini bilsa ham jarimalarni to‘lashdan bosh tortib yurgan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida bo‘lgan Spark mashinasiga qidiruv e’lon qilingan.

Shundan so‘ng, ijro harakatlari davomida, Spark qarzdor tomonidan Sergeli tumanidagi bozorga sotish uchun olib chiqilgani aniqlanib, mashina xolislar ishtirokida xatlangan.

Hozirda, Spark’ni 363 ta jarimadan bo‘lgan 240,8 mln so‘mlik qarzdorlikni qoplash uchun auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Mashhur yangiliklar