Toshkentda 32 yoshli erkak o‘smir bolani kaltakladi
Toshkent shahrida 32 yoshli erkak qizi sabab o‘zidan 16 yosh kichik bolani kaltakladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro boshqa shaxsga qo‘l ko‘targani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan IIBB ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 16-sentyabr kuni Sergeli tumani 5-mavze hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida, 1992-yilda tug‘ilgan M.I. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida 2008-yilda tug‘ilgan T.T.ni bir necha marotaba urgan. Bunga sinfdoshlar — M.I.ning qizi va T.T.ning ukasi o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lgan.
Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, voyaga yetmagan T.T.ga “chap ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pora olgan prokuratura katta tergovchisi qidiruvga berildi Toshkentda giyohvandlik vositalarini tarqatish holatlari fosh etildi Toshkentda temiryo‘l xodimi poyezd bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi Toshkentda kotlovan sabab qo‘shni hovlining bir qismi qulab tushdi Toshkentda tadbirkordan 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi