30 Oktabr 2024, 13:40 Oʻzbekiston

Toshkentda 3 yashar bolaning qotili umrbodga qamalgani rad etildi

Toshkent shahrida 3 yoshli bolani qasddan o‘ldirgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani rad etildi.

Toshkentda 3 yashar bolaning qotili umrbodga qamalgani rad etildi

Toshkentda uch yashar bolani qasddan o‘ldirgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning maʼlum qilishicha, bu kabi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

9-iyul kuni Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 30 yoshli erkak ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayoli bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, ayolning birinchi turmushidan 2021-yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 11-iyul kuni gumonlanuvchi ushlangandi.

Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari yakunlandi. Tergov natijasiga ko‘ra, ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish), 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 251-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) bilan ayblov e’lon qilinib, 23-oktyabr kuni jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi.

Oliy sudi axborot xizmati rahbari Aziz Abidov fuqarolarni bu kabi “feyk” ma’lumotlarga ishonmaslikni va haqqoniyligi tasdiqlanmagan, asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi. Yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatdi.

Uning bildirishicha, yuqoridagi jinoyat ishi Toshkent shahar sudiga 29-oktyabr kuni kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda mazmunan ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.

Mashhur yangiliklar