13 Fevral 2025, 12:03 Oʻzbekiston

Toshkentda 3-sinf o‘quvchisini mashina urib ketdi

Yunusobod tumanidagi 260-maktab yonida Nexia-3 mashinasi 10 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi.

Toshkentda 3-sinf o‘quvchisini mashina urib ketdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 11-fevral kuni maktab o‘quvchisi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi shahar YHXB matbuot xizmati.

Soat 12:20 larda 260-sonli umumta’lim maktabi qarshisida haydovchi B.Z. (1993 y.t.) Nexia-3 mashinasida voyaga yetmagan piyoda S.S.ni (2015 y.t.) urib yuborgan.

YTH oqibatida o‘quvchi jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar