Toshkentda 3 ming dollar evaziga 100 ming dollar kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi
Mirobod tumanida 3 ming dollar evaziga bankdan 100 ming dollar kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Toshkent shahrining Mirobod va Jizzax viloyatida kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Mirobod tumanida fuqaro J.K. fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 3 ming dollar evaziga Samarqand viloyatidagi tijorat banki filialidan 100 ming dollar miqdorida kredit olib berishini aytib, shundan 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Jizzax viloyatida fuqaro E.Sh. fuqaro F.B.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent viloyatidagi tijorat banki filialidan 100 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishi evaziga 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 19 yoshli haydovchi piyodani urib yubordi Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi Poytaxt bozorlarida patta narxlari oshirildi Toshkentda 1 yil ichida 91 kishi YTH sabab qurbon bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







