Toshkentda 230 ta qoidabuzarlik qilgan ayolning mashinasi xatlanib, auksionda sotib yuborildi
Toshkent shahrida jami 230 ta qoidabuzarlik sodir etgan ayolning Lacetti'si xatlanib, auksionda sotib yuborildi. Uning jarimalari miqdori 88 mln so‘mga yetgan bo‘lgan.
Toshkent shahrida 230 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchining mashinasi auksionda sotildi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil fevral oyida MIBning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan 174 ta qoidabuzarlik sodir etgan haydovchining Lacetti mashinasi xatlab olingan. Fuqaroga 174 ta ma’muriy jarimadan qariyb 59 mln so‘m miqdoridagi qarzdorlikni qoplasa mashina o‘ziga qaytarilishi to‘g‘risida tushuntirish berilgan.
Ammo oradan 6 oy o‘tib, 174 ta qoidabuzarlik soni 230 taga ko‘paygan. Ya’ni haydovchi mashina xatlanishidan oldin ham yo‘llarda tinimsiz harakat qoidalariga rioya etmay harakatlanib yurgan. Buning oqibatda 60 kun o‘tganidan so‘ng barcha qarzdorliklari MIB ish yurituviga kelib tushavergan. Shu tariqa, haydovchining qoidabuzarliklari soni 230 taga, jarimalar miqdori esa 88 mln so‘mga yetgan.
Qarzdorning Lacetti’si auksion savdolariga chiqarilgan. O‘tkazilgan savdolar jarayonida mashina auksion qatnashchisi tomonidan 92 mln so‘mga sotib olingan.
Qayd etilishicha, hozirda auksion savdolari orqali kelib tushgan pul mablag‘lari qarzdorning jarimalarini so‘ndirish uchun yo‘naltirilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Toshkentda “Lacetti” toʻliq yonib ketdi MIB mansabdorlari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz yopib yuborgani aniqlandi Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketidi, oqibatida uch yo‘lovchi vafot etgan Toshkentda YTH sodir etgan haydovchilar YPX inspektorlariga qarshilik ko‘rsatdi