15 Fevral 2025, 11:25 Oʻzbekiston

Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi

Poytaxt hokimining tegishli qarori bilan 2025-yil oxirigacha shahardagi 452 ta lift yangilanadi.

Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi

Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika soha obyektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2025/2026-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha ekspluatatsiya muddati o‘tgan 452 ta lift yangisiga almashtiriladi.

Bugungi kunda Toshkent shahridagi ko‘p xonadonli uy-joylarda jami 9101 ta lift mavjud. Ulardan 2042 tasining (22,4 foiz) foydalanish muddati o‘tgan.

Qayd etilishicha, 2025-yil oxirigacha 2042 ta eski liftning 22,1 foizi yangilanadi. Yangi liftlar ilg‘or xavfsizlik standartlariga ega va energiya tejamkor bo‘ladi.

Yangilanadigan liftlarni tanlash mezonlari quyidagicha:

  • 25 yildan ortiq xizmat qilgan;
  • texnik talablarga javob bermaydigan;
  • xavfsizlik darajasi past bo‘lgan liftlar ustuvor tartibda almashtiriladi.

Mashhur yangiliklar