14 Dekabr 2024, 18:49 Oʻzbekiston

Toshkentda 200 ming so‘mlik qalbaki pullarni sotayitgan shaxslar ushlandi

Poytaxtda 200 ming so‘mlik qalbaki pullarni 20 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.

Toshkentda 200 ming so‘mlik qalbaki pullarni sotayitgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida 60 mln so‘mlik qalbaki pullarni 20 mln so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi.

Qayd qilinishicha, E.A. 200 ming so‘mlik kupyuradagi jami 300 dona 60 mln so‘m qalbaki pulni 20 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, uning avtomobilidan 4 dona qalbaki kupyura hamda 200 ming so‘mlik milliy valuta surati tushirilgan 89 dona A4 formatdagi qog‘oz, chizg‘ich, qaychi va kanselyariya pichog‘i topilgan. Shuningdek, yana ikki nafar fuqarodan kompyuter va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar