22 Yanvar 2025, 16:05 Oʻzbekiston

Toshkentda 2 ta Malibu ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi

YTH oqibatida jabrlangan bir haydovchi va yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkentda 2 ta Malibu ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi

Toshkent shahrida 2 ta Malibu-2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 22 yanvar kuni soat 09:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida 27 yoshli haydovchi U.M. boshqaruvidagi Malibu-2 avtomashinasi hamda 23 yoshli haydovchi boshqaruvidagi boshqa Malibu-2 rusumli avtomashinalari to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida bir haydovchi va yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar