Toshkentda 2,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Toshkent shahrida 3 ta qoidabuzarlik natijasida tizimga 2 mlrd 747 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabar berishicha, Shayxontohur tumanida “B.” uy-joy shirkati jami 17 dona elektr hisoblagichdan 9 tasiga tashqi ta’sir ko‘rsatgan holda 726 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Olmazor tumanida “F.T.” MChJ foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirmagan. Natijada ta’minot korxonasiga 1 mlrd 159 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Olmazor tumani O.Bobojonov ko‘chasi, 20-uy manzilidagi turar joy binosining elektr hisoblagichi HeT Billing tizimiga kiritilmasdan foydalanilgan. Natijada ta’minot korxonasiga 862,2 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlandi Toshkentda 316 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydlanilgani aniqlandi Toshkentda avariya sabab 3 mingga yaqin isteʼmolchi “svet”siz qoldi Toshkentdagi universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi Chiqindidan qarzni to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muddat beriladi