Toshkentda 12 tup daraxt tanasiga zaharli modda quyib ketildi
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida 12 tup pavloniya daraxtining tana qismiga nomaʼlum suyuqlik yuborilgani aniqlandi.
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Mirzo Ulugʻbek tumanida 10 tupdan ortiq daraxtning tana qismiga nomaʼlum suyuqlik yuborilgani aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, boshqarma ixtiyoriga Mirzo Ulugʻbek tumani, Nur MFYdagi 31-uyning orqa tomonida ekilgan 12 tup pavloniya daraxtining tana qismiga nomaʼlum shaxslar tomonidan suyuqlik yuborilgani tasvirlangan videolavha kelib tushgan.
Ushbu murojaat poytaxt Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining tuman inspektori tomonidan joyiga chiqib oʻrganilgan.
Daraxtining tana qismi qurilish dreli yordamida teshilib, nomaʼlum suyuqlik yuborilgan, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan, shuningdek, vaziyatga huquqiy baho berish hamda huquqbuzarning shaxsini aniqlashda amaliy yordam berish boʻyicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qildi Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in chiqdi Toshkentda pulli “parkovka”lar operatori oʻzgardi Toshkentda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi