26 Iyul 2024, 13:54 Oʻzbekiston

Toshkentda 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi

Toshkentda qutqaruvchilar hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli bolani qutqarib qoldi.

Toshkentda 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi

Toshkent shahar Yangihayot tumani Chortoq mahallasida joylashgan uylarning birida qutqaruvchilar 1 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, uy egasining 2023 yilda tug‘ilgan farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.

Mashhur yangiliklar