14 Fevral 2025, 12:18 Oʻzbekiston

Toshkentda 1 yil ichida 91 kishi YTH sabab qurbon bo‘ldi

Poytaxtda 2024-yilda 1280 avariya sodir bo‘ldi. Oqibatda mingdan ortiq odam jarohatlandi, 91 kishi vafot etdi.

Toshkentda 1 yil ichida 91 kishi YTH sabab qurbon bo‘ldi

Toshkent shahri hududida 2024 yil davomida 91 ta yo‘l-transport hodisasi o‘lim bilan yakunlangan. Bu haqda joriy yil 10 fevral kuni qabul qilingan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining tegishli qarorida keltirilgan.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri hududida 2024 yil davomida 1 280 ta yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lib, mazkur hodisalarning 1 189 tasi tan jarohati, 91 tasi o‘lim kabi og‘ir oqibatlar bilan yakunlangan. Shuningdek, 720 ta piyodalar bilan bog‘liq, 98 ta tezlik bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2023 yil poytaxt ko‘chalarida sodir bo‘lgan YTHlarda 95 kishi halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 10 nafari bolalar. YTHlar oqibatida 1248 kishi tan jarohati olgan, 10 kishi umrbod nogironga aylangan. Jarohat olganlarning 235 nafari esa bolalar hisoblanadi.

Mashhur yangiliklar