Toshkentda 1,7 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Toshkent shahrida 1,7 mlrd soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagan MChJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning poytaxt boshqarmasi, IIBB va “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Tadbirda “K.Y.” MChJ masʼul shaxslari korxonaning ishlab chiqarish binosida oʻrnatilgan elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir koʻrsatib, tijorat maqsadida 2 mln kVt/s elektr energiyasidan oʻgʻirlik yoʻli bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,7 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi Farg‘onada “Xalq banki” mansabdorlari yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi
Soʻnggi yangiliklar







