Toshkent zararli korxonalardan xalos etiladi: ular viloyatga ko‘chiriladi
Yangi sanoat zonalari bo‘sh yerlarda tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev 11-sentyabr kuni Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda Toshkent shahri va tumanlar hokimlari ham ishtirok etdi. Ularga poytaxtdagi ekologik zararli korxonalarni viloyatga ko‘chirish bo‘yicha ulkan loyihani birgalikda amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
Toshkent viloyatidagi bo‘sh yerlar “Toshkent invest” kompaniyasi va shaharning sanoat zonalari direksiyasiga ajratilib, ekologiyaga zarar keltirayotgan korxonalar ko‘chirilishi aytildi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturida Toshkent, Nukus va viloyat markazlaridan “iflos” korxonalarni ko‘chirish bo‘yicha loyihalarni yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 1-oktyabrga qadar Ekologiya, Iqtisodiyot, Investitsiyalar, Sanoat va Savdo vazirliklari hokimliklar bilan birgalikda rejalarni ishlab chiqishni yakunlashi kerak.
Toshkent viloyati tumanlarini rivojlantirish bilan maxsus “Islohotlar shtabi” shug‘ullanadi, rivojlanish dasturlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xorijiy investitsiyalar hisobiga yil yakuniga qadar ishsizlik va kambag‘allik darajasini 4,5 foizga tushirish rejalashtirilgan.
Izohlar