23 Avgust 2024, 18:46 Oʻzbekiston

“Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”ga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi “Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”ni jarimaga tortdi.

“Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”ga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi “Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”ga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil davlat xaridlar sohasidagi o‘rganishlar natijasida, “Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” tomonidan maxsus axborot portallari orqali jami 2,8 milliard so‘mdan ortiq o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar yuzasidan, buyurtmachi tashkilotga (“Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”) “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 29-moddasi talablari buzilganlik holati bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi hamda natijasi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda sudga jo‘natildi.

Mashhur yangiliklar