Toshkent yana kuchli ultrabinafsha nurlanish ostida qoladi
Mahalla aholisiga tush paytida uyda qolish tavsiya etildi.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 31-may kuni Toshkent kuchli ultrabinafsha nurlanish bilan qoplanadi.
Ultrabinafsha nurlanishning cho‘qqisi soat 12:00 ga to‘g‘ri keladi va soat 14:00 ga yaqin pasayadi. Intensivlik 10 ballni tashkil etadi, bu ultrabinafsha nurlanishning “o‘ta xavfli sinfi” bo‘ladi. Xizmat mutaxassislari aholiga soya qidirishni va bino ichida bo‘lishni tavsiya qildi.
1-iyun kuni ultrabinafsha nurlanish intensivligi ham 10 ballni tashkil etadi. Cho‘qqi yana 12:00 atrofida bo‘ladi va 14:00 gacha pasayadi. Mutaxassislar quyoshda yurmaslikni, himoya kremidan foydalanishni maslahat berishdi.
Avvalroq o‘zbekistonliklarni salqin dam olish kunlari kutayotgani xabar qilingandi. Mamlakatning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izohlar