22 Yanvar 2025, 10:48 Oʻzbekiston

Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida Gentra yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida Gentra yonib ketdi

Sergeli tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi.

22 yanvar kuni soat 02:10 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasida joylashgan Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 02:16 da yetib borib, yong‘in soat 02:21 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar