18 Mart 2025, 17:30 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatidan yana 122 gektar yer Yangi Toshkent hududiga o‘tkazildi

Yuqori Chirchiq tumanining Bordonko‘l hamda Do‘stlik mahallalaridagi yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga ajratib berildi.

Toshkent viloyatidan yana 122 gektar yer Yangi Toshkent hududiga o‘tkazildi

14-mart kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan imzolangan qaror bilan “Yangi Toshkent” qurilishi uchun viloyatdan yana yer ajratilishi belgilandi.

Yuqori Chirchiq tumanidan Yangi Toshkent shahri qurilishiga 122,3 gektar yer maydoni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Yuqori Chirchiq tumanidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi 122,3 gektar yer “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratildi.

Xususan, tumanning “Bordonko‘l” mahallasi hududidan jami 75,22 ga, “Do‘stlik” MFY hududidan esa 47,1 ga yer poytaxtning 13-tumani qurilishi uchun beriladi.

Direksiya prezident hamda hukumatning tegishli qarorlari bilan belgilangan talablar asosida yer maydonlaridan foydalanadi.

Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasiga tegishli tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamd davlat ro‘yxatidan o‘tkazish topshirildi.

Mashhur yangiliklar