
28 Mart 2025, 14:26 •Oʻzbekiston
Toshkent viloyatidagi xonadonlardan birida gaz portladi — video
Ikki nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

27-mart kuni Toshkent viloyatidagi xonadonlardan birida gaz portlashi sodir boʻldi, ikki kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda Yangiyoʻl tumani hokimligi matbuot xizmati.
Voqea soat 21:50 larda tumanning “Gulbahor” mahallasida sodir boʻlgan va tuman shifoxonasiga 1979-yilda tugʻilgan ayol va uning turmush oʻrtogʻi (1970-yilda tugʻilgan) yotqizilgan. Maʼlum boʻlishicha, 1-uyning ikkinchi qavatidagi 5-xonadonda toʻplanib qolgan gaz chaqnashi va portlash sodir boʻlgan.
Hodisa oqibatida er-xotin turli darajada kuyish tan jarohati olgan. Qayd etilishicha, portlash oqibatida besh qavatli uyning uchta xonadoni oynalari singan. Shuningdek, ushbu koʻp qavatli uy toʻliq qurib, foydalanishga topshirilmagan, shu sababli unda yashovchilar boʻlmagan.
Soʻnggi yangiliklar

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi vazifalari belgilandi
26 Aprel 2025, 11:42
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
26 Aprel 2025, 10:51
O‘zbekiston birinchi chorakda Xitoyga gaz eksportini 2,5 barobardan ko‘proqqa oshirdi
25 Aprel 2025, 18:49
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
25 Aprel 2025, 16:06
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi vizasiz rejim tahdid ostida: o‘zbekistonliklar Dubayga kiritilmadi
25 Aprel 2025, 14:03
Shukrullo Isroilovga tegishli avtomobilni olib qochgan yigit qamaldi
25 Aprel 2025, 13:24
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi
25 Aprel 2025, 12:39
Bolaning oyog‘ini qaynoq suv bilan kuydirishgan bog‘cha noqonuniy ishlagani aniqlandi
25 Aprel 2025, 11:17