28 Mart 2025, 14:26 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatidagi xonadonlardan birida gaz portladi — video

Ikki nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent viloyatidagi xonadonlardan birida gaz portladi — video

27-mart kuni Toshkent viloyatidagi xonadonlardan birida gaz portlashi sodir boʻldi, ikki kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda Yangiyoʻl tumani hokimligi matbuot xizmati.

Voqea soat 21:50 larda tumanning “Gulbahor” mahallasida sodir boʻlgan va tuman shifoxonasiga 1979-yilda tugʻilgan ayol va uning turmush oʻrtogʻi (1970-yilda tugʻilgan) yotqizilgan. Maʼlum boʻlishicha, 1-uyning ikkinchi qavatidagi 5-xonadonda toʻplanib qolgan gaz chaqnashi va portlash sodir boʻlgan.

Hodisa oqibatida er-xotin turli darajada kuyish tan jarohati olgan. Qayd etilishicha, portlash oqibatida besh qavatli uyning uchta xonadoni oynalari singan. Shuningdek, ushbu koʻp qavatli uy toʻliq qurib, foydalanishga topshirilmagan, shu sababli unda yashovchilar boʻlmagan.

Mashhur yangiliklar