Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan eriyotgani aytildi
Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti Toshkent viloyatidagi Paxtakor muzligi shiddat bilan eriyotganini maʼlum qildi.
Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, Germaniya yer tadqiqotlari ilmiy markazi hamda Yashil Markaziy Osiyo tashabbusi loyihalari asosida Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik Paxtakor muzligiga navbatdagi ekspeditsiya oshirildi. Bu haqida Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti xabar bermoqda.
Iqlimshunos olim Erkin Abdulahatovning eslatishicha, Paxtakor muzligiga dastlabki ekspeditsiya o‘tgan 2023-yil yozida amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda tadqiqotchilar muzlik “tiliga” 3 metrli qoziq burg‘ilab o‘rnatib kelishgan edi.
Joriy ekspeditsiyada esa qoziq muzlikdan ajralib qolgan. Chunki, muzlik bir yil ichida 20 metr ortga chekinib, muz “tili” 3 metrgacha erib tugagan.
Tadqiqotchilar qimmatli meteostansiya ma’lumotlarini olishdi, deydi iqlimshunos.
Paxtakor muzligi — Toshkent viloyatining borish qiyin bo‘lgan Oygaing qor ko‘chki meteorologik stansiyasidan (bu obyektdan keyin hech qanday bino obyekti mavjud emas) naq 35 km uzoqda, viqorli tog‘lar orasida yastangan bo‘lib, muzlikka ekspeditsiya a’zolari naq 2 sutkada piyoda yetib borishgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi Toshkent viloyati Sibir tog‘ echkisi ovlangani aniqlandi Hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumida halok boʻlgani yuzasidan jinoiy ish ochildi 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Toshkent viloyatida kelin-kuyov nomaʼlum moddadan zaharlanib, vafot etdi